Toshkentdagi musiqa festivalida yuz bergan janjal yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy ma’lumot berdi
Foto: IIBB

Ijtimoiy tarmoqlarda Pepsi Music Fest 2024 musiqa festivaliga kelgan fuqarolar jamoat tartibini buzayotganligi aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 6-sentabr kuni Yunusobod tumanida Pepsi Music Fest 2024 musiqa festivalining birinchi kuni oʻtkazildi. Festivalda bir nechta fuqarolar jamoat tartibini buzib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan mayda bezorilik sodir etganlar aniqlandi.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida ularning shaxsi aniqlanib, 5 nafar voyaga yetmaganlarning ota-onasiga Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 47-moddasiga koʻra ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Qolgan fuqarolarga nisbatan toʻplangan hujjatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda.

Shuningdek, oʻtkazilgan tekshiruv jarayonida fuqarolar tan jarohati olgani haqida xabar kelib tushmaganligi ta’kidlandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yozgi MOCFEST festivail qanday oʻtgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek