Xitoy janubiga «Yagi» toʻfoni yopirildi

eʼlon qilindi
To‘fon natijasida uch kishi halok bo‘lgan, shuningdek, yana 95 nafar fuqaro turli jarohatlar olgan
Foto: Thomas Peter / Reuters

Xitoy janubida 1,2 milliondan ortiq aholi «Yagi» toʻfonidan jabrlandi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.

Mamlakat ommaviy axborot vositalarining ma’lum qilishicha, toʻfon natijasida uch kishi halok boʻlgan, shuningdek, yana 95 nafar fuqaro turli jarohatlar olgan.

Ma’lumotlarga koʻra, toʻfon Xaynan va Guandun provinsiyalari, shuningdek, Guansi-Chjuan avtonom tumaniga ta’sir koʻrsatgan. Toʻfon shaharlar va qishloqlardagi turli infratuzilmalarga zarar yetkazgan va transport aloqalarining qisman toʻxtatilishiga olib kelgan.

Mamlakat raisi Si Szinpin tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish choralarini kuchaytirishni buyurdi va shikastlangan transport, energetika, aloqa va boshqa infratuzilmalarni imkon qadar tezroq tiklashga chaqirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan kuchli yomgʻir sabab Anqara koʻchalarini suv bosgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek