Yangiliklar

Janubiy Koreyada E-9 va H-2 vizalari bo‘yicha ishlagan o‘zbekistonliklar $1,37 miqdorida pul oladi

Samsungdan sug‘urta to‘lovlari va 13 oylik summasi
Rasm: depositphotos.com

Janubiy Koreyada muvaffaqiyatli ishlagan O‘zbekiston fuqarolariga $1,37 mln qaytariladi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar beradi.

2004-yildan 2021-yilgacha Samsungdan sug‘urta to‘lovlarini qaytarish uchun arizalar qabul qilish boshlandi. Bu E-9 va H-2 vizalari bo‘yicha Janubiy Koreyada 2482 nafar O‘zbekiston fuqarolarini uchun 13 oylik summalarga tegishlidir.

Sug‘urta pullarini oladigan fuqarolar ro‘yxati ilovada ko‘rsatilgan.

Tashqi mehnat agentligi hozirda pullarni o‘z egalariga qaytarish uchun arizalarni qabul qilishni boshladi. Ariza yuborish uchun fuqarolar o‘z viloyatidagi agentlig filialariga murojaat qilishlari kerak bo‘ladi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2024/09/img_3667.mov

Eslatma: Bu pullar hozirgi kunda EPS markazi hisobida ham, Agentlik hisobida ham emas, balki HRD Koreyani hisob raqamida turgan mablag‘lar hisoblanadi. Ro‘yxatda mavjud fuqarolar hujjatlarni kamchiliklarsiz yig‘ib topshirganlaridan so‘ng, agentlik va EPS markazi hujjatlarni Koreya tomonga yuboradi. Koreya tomon hujjatlarini ko‘rib chiqib, fuqaroning o‘zining nomiga ochilgan Milliy bank hisob raqamiga pulni o‘tkazib beradi, deyiladi xabarda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 5 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosi Janubiy Koreyaga o‘qishga borganini yozgan edi.