Yangiliklar

Joriy yilda O‘zbekiston qariyb $11 mlnlik qovun eksport qilgan

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra
Rasm: Gastronom

O‘zbekiston 2024-yilning yanvar – iyul oylarida 24,3 ming tonna qovun eksport qilib, mamlakatga $10,8 mln foyda keltirgan. Bu haqda davlat statistika agentligi xabar beradi.

O‘tgan yili bu ko‘rsatkich $16,7 mln va 79,9 ming tonna qovun eksport qilingan edi. Joriy yilni o‘tgan yil bilan solishtirganda daromad 35,3 foizga pasaygan va 69,5 foizga qovun eksporti kamaygan.

Eng ko‘p qovunlar Qirg‘iziston – 7,2 ming tonna, Qozog‘iston – 6,2 ming tonna, Rossiya – 5,9 ming tonna, Latviya – 1,3 ming tonna va Germaniyaga – 0,8 ming tonna jo‘natildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekistonda tarvuz bozori qulash arafasida haqida yozgan edi.