Yangiliklar

Otabek Umarov Osiyo Olimpiya kengashining Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti etib tayinlandi

Ilgari Umarov «Toshkent – 2025» yoshlar Osiyo o‘yinlari bo‘yicha vitse-prezidenti edi
Rasm: MOQ

Nyu-Delida Osiyo Olimpiya kengashining (OOK) 44-Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tmoqda. Saylovda Otabek Umarov Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezident etib saylandi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.

Saylovda tashkilotga vaqtincha rahbarlik qilgan Raja Randhir Singh OOK prezidenti etib saylandi.

Ilgari Umarov «Toshkent – 2025» yoshlar Osiyo o‘yinlari bo‘yicha vitse-prezident lavozimida faoliyat yuritgan edi. Endilikda uning yangi lavozimi doimiy bo‘lib, bu unga mintaqada Olimpiya harakatini rivojlantirish imkoniyatini beradi.

Assambleyada so‘zga chiqqan yangi saylangan vitse-president Osiyo sportining jahonda e’tirofi ortib borayotganini va sportchilarning «Parij – 2024» Olimpiadasidagi muvaffaqiyatlarini ta’kidladi. Shuningdek, u O‘zbekiston prezidenti tomonidan sport sohasida qo‘llab-quvvatlanayotganini ta’kidlab, Olimpiya g‘oyalarini targ‘ib qilish ustida ishlashga va’da berdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Otabek Umarov Telegram asoschisi Pavel Durov bilan uchrashganini yozgan edi.