O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari eksporti 4,4 foizga kamaydi

eʼlon qilindi
Yetti oy ichida
Rasm: Unsplash

O‘zbekiston 2024-yilning yanvar – iyul oylarida xorijga umumiy qiymati 1,8 mlrdlik to‘qimachilik mahsulotlari yetkazib berdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 4,4 foizga kam, deya xabar berdi Statistika agentligi.

Yetti oy yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari 55 ta davlatga yetkazib berildi.

Eksportning asosiy qismi ip-kalavaga to‘g‘ri keldi – $813,4 mln, undan keyin tayyor to‘qimachilik mahsulotlari va trikotaj matosi – $684,9 mln va $169,3 mln mos ravishda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan paxta-toʻqimachilik klasterlari moliyaviy sogʻlomlashishini yozgan edi.

Shuningdek