Samarqand va Tyanjin sanoat parkini yaratish masalasini ko‘rib chiqmoqda Samarqand va Tyanjin sanoat parkini yaratish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar beradi.
Pastdarg‘om tumanida umumiy maydoni 234,3 gektar bo‘lgan qo‘shma sanoat xabini tashkil etish rejalashtirilgan.
«Spot» ma’lumotlariga ko‘ra, uning hududida tibbiyot, to‘qimachilik va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalarni ishga tushirishmoqchi. Loyihaning umumiy qiymati $1,6 mlrd.
Sanoat parkida jami korxonalar soni 81 ta bo‘lishi kutilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nurafshonda texnopark qurilishi haqida yozgan edi. Loyihaga kiritilgan investitsiyalar $720 mlnga baholanmoqda.