Yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan
Rasm: kloop.kg

8-sentabr kuni O‘zR prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Ostona shahriga yo‘l oldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar beradi.

Qozog‘iston poytaxtida davlat rahbari YUNESKOning Nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan etnik sport turlari bo‘yicha beshinchi Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining – xalqaro sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

Tadbirda 90 ga yaqin mamlakatlardan 2000 dan ortiq sportchilar, shu jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Ko‘chmanchilar o‘yinlari – 2026» O‘zbekistonda o‘tkazilishini yozgan edi.