Toshkent viloyatida yo‘llarni ta’mirlash uchun 2 mlrd so‘m yo‘naltirildi
eʼlon qilindi
Umumiy uzunligi 5,4 km
Toshkent viloyatidagi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash uchun mahalliy budjetdan tejab qolingan mablag‘lardan 1,9 mlrd so‘m ajratilgani Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilindi.
Mablag‘lar Zangiota tumani «O‘rikzor» mahallasidagi 3,6 km yo‘lni ta’mirlash va Yangiyo‘l tumani «G‘alaba» mahallasidagi 1,8 km yo‘lni tiklash ishlariga yo‘naltiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyi boshida O‘zbekistonda 43 ming km ichki yo‘l ta’mirga muhtoj edi. Bu ishlarni nazorat qilish uchun tuman darajasida tegishli xizmatlar tashkil etiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Toshkent – Samarqand» pullik avtomobil yo‘li qurilishi 2024-yilda, «Toshkent – Andijon» esa 2026-yilda boshlanishi haqida yozgan edi.