Apple’ning iPhone 16 mobil telefoni taqdimotiga oz qoldi

eʼlon qilindi
Ikkita yangi AirPods modellari hamda iOS 18, iPadOS 18ʻ va WatchOS 11 qurilmalari taqdim etiladi
Foto: Ming Yeung / Getty Images

Apple kompaniyasi o‘zining yangi iPhone 16 mobil qurilmasi taqdimotini bugun 9-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da o‘tkazadi. Bu haqda Forbes axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bugun iPhone 16 taqdim etishi kutilmoqda. Garchi telefon tashqi ko‘rinishida bir nechta kichik yangilanishlar bo‘lsa-da, kompaniya qurilma ichidagi muhim o‘zgarishlar mijozlarni xursand qilishiga ishonmoqda.

Tadbir «Porlashning ayni vaqti» nomli shior ostida bo‘lib o‘tadi.

Hozircha iPhone 16, Plus, Pro va Pro Max oldingilariga qaraganda 20-25% kuchliroq boʻlishi ma’lum qilindi.

Kompaniya Apple Intelligence sun’iy idrokining ba’zi funksiyalariga ham ishora qildi. Jumladan, AI Siri bilan yanada tabiiy tarzda suhbatlashish, elektron pochta xabarlarini yaratish va fotoalbomlaringizdan aniq daqiqalarni topish imkonini beradi.

iPhone’ning tashqi ko‘rinishida kengroq ekran va yangilangan qirralar kabi nozik o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Ta’kidlanishicha, iPhone 16 da maxsus kamera tugmasi ham bo‘ladi.

Tadbirda Apple Watch Series 10 taqdimoti ham bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, faol shovqinni kamaytirish va yaxshilangan ovoz funksiyalariga ega ikkita yangi AirPods modellari hamda iOS 18, iPadOS 18ʻ va WatchOS 11 qurilmalari taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple kompaniyasi iPhone Pro ishlab chiqarishni Hindistonga ko‘chiradi.

Shuningdek