Yangiliklar

Bastakor Musaxon Nurmatov vafot etdi

Bastakor 56 yoshda edi
Foto: Musaxon Nurmatov / Instagram

Xonanda Yusufxon Nurmatovning otasi taniqli bastakor Musaxon Nurmatov 56 yoshida vafot etdi. Bu haqda o‘g‘li Yusufxon Nurmatov o‘z instagram sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Musaxon Nurmatov uzoq vaqtda buyon kasallik bilan kurashib kelgan.

U o‘z faoliyati davomida bir qancha taniqli xalq artistlari, Shohjaxon va Zohirshoh Jo‘rayevlar, Ozodbek Nazabekov, Bahrom Nazarov kabi xonandalar bilan hamkorlik qilgan.

Bundan tashqari, bastakorning g‘oyasi va prodyusserligida «Jurnalist» va «Qodirxon» seriallari sur’atga olingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yoʻldoshev vafot etgani haqida xabar bergan edi.