Dollarning qiymati pasayishda davom etmoqda
eʼlon qilindi
Bugun AQSh valyutasi 18.31 so‘mga arzonlashdi

9-sentabr kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning rasmiy narxi 18,31 so‘mga pasaydi va 12 681,79 so‘mni tashkil qildi.
Banklar dollarni 12 635 – 12 685 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 710 – 12 760 so‘mdan sotishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 6-sentabr kuni AQSh valyutasining narxi deyarli 8 so‘mga pasaygan edi.