Yangiliklar

Ko‘chmanchilar o‘yinlari-2024 ikki ming nafar sportchini to‘pladi

Musobaqaning ochilish marosimida O‘zbekiston prezidenti ishtirok etdi
Rasm: Prezident matbuot xizmati

Qozog‘istonda V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari boshlandi. Ochilish marosimi Ostona shahrida bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev matbuot xizmati.

Marosimda davlatimiz rahbari ishtirok etdi. Bundan tashqari, musobaqaning ochilish marosimida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, shuningdek, Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov ishtirok etdi.

Rasm: Prezident matbuot xizmati

Musobaqada 90 mamlakatdan 2 ming nafar sportchi ishtirok etadi. Kurash, alish, kamondan otish, poyga, pahlavonlar bellashuvi  bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga Ko‘chmanchilar o‘yiniga jo‘nab ketganini yozgan edi.