«Rahnamolik» qilishni va’da qilgan qashqadaryolik qo‘lga olindi

eʼlon qilindi
$3 ming olayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olingan
Foto: SergPoznanskiy/Depositphotos

Davlat xavfsizlik xizmati hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida korrupsiyaviy hamda firibgarlik holatlariga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, DXX Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir natijasida «Xavfsiz daryo boshqarmasi» davlat muassasasining rahbari tomonidan fuqaroning noqonuniy harakatiga ko‘z yumish hamda kelgusida noqonuniy harakatlarga «rahnamolik» qilish evaziga $3 ming olgan vaqtida qo‘lga olindi.  

Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qism «v» bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Boshqa bir holat, Surxondaryo viloyatida qurilish obyektlarida MCHJ yetakchi mutaxassisiga Jizzax viloyatidagi MCHJ mansabdorlari tomonidan qo‘shib yozish holatini tekshiruv xulosasida ko‘rsatmaslik hamda joriy yilda prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tanishlari orqali yengillik yaratib berishni va’da qilib 400 mln so‘m talab qilgan hamda belgilangan puldan 150 mln so‘mini olayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari hamda  28, 211-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.  

Avvalroq Kursiv Uzbekistan davlat xizmatchilarining tadbirkorlik bilan shug‘ullanganlik holatiga chek qo‘yilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek