Markaziy bank: Oʻzbekistonning rasmiy zaxiralari $1,75 mlrdga ortdi

eʼlon qilindi
Bu haqda regulyator axborot xizmati ma’lum qildi
Foto: AntonMatyukha / depositphotos.com

O‘zbekistoning rasmiy zaxira aktivlar va chet el valyutasidagi boshqa aktivlarga oid ma’lumotlar yangilandi. Bu haqda Markaziy bank saytida e’lon qilindi.

Mamlakatning rasmiy zaxira aktivlar 1-sentabr holatiga ko‘ra $39,15 mlrdni tashkil qilgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 1-avgust holatiga ko‘ra, $37,4 mlrdni qayd etgan. O‘tgan oyga nisbatan mamlakatning rasmiy zaxira aktivlari $1,75 mlrdga ortgan.

Manba: Markaziy bank / Kursiv hisob-kitoblari

Avgust oyi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin zaxiralarining qiymati $29,15 mlrd bo‘lgan bo‘lsa, 1-sentabr holatiga ko‘ra ushbu ko‘rsatkich $30,4 mlrdni tashkil qilgan. Oltinning fizik hajmi 1-sentabr holatiga ko‘ra, 12 mln troy unsiyani ko‘rsatgan, o‘tgan oyda esa oltinning fizik hajmi 12,1 mln troy unsiya bo‘lgan.

«Oʻzbekiston Respublikasi yalpi xalqaro zaxiralari 2024-yilning avgust oyida 1,75 mlrd dollarga oshdi. Xususan, oltin narxining 2419,60 dollardan 2524,15 dollargacha koʻtarilishining tasiri +1,26 mlrd. dollarni tashkil etdi«, deyiladi Markaziy bank izohida.

Oʻzbekistondagi xorijiy valyuta zaxiralari qiymati boʻlsa, $7,7 mlrddan $8,2 mlrdgacha ortgan. Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oʻzbekistonning rasmiy zaxiralari iyul oyida $1,06 mlrdga oshgani haqida xabar bergan edi. 

Shuningdek