Nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylov huquqlari qonun bilan himoya qilindi
9-sentabrdan boshlab nogironligi bo‘lgan shaxslarning infratuzilmadan teng foydalanishini ta’minlash va saylov huquqlarini himoya qilishga qaratilgan tuzatishlar kuchga kirdi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Endilikda qonunda nogironligi bo‘lgan shaxslarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida ishtirok etish huquqi, shu jumladan, saylash va saylanish imkoniyati mustahkamlandi. Davlat ovoz berish uchastkalarini nogironlar aravachasidagi odamlar, ko‘rish va eshitish qobiliyatida nuqsoni bo‘lgan saylovchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.
«Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan tuzatishlar davlat organlaridan nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy infratuzilma, uy-joylar, jamoat binolari, sport va tibbiyot obyektlaridan foydalanishini ta’minlashni talab qiladi. Ushbu obyektlarni nogironlar aravachasidagi tashrif buyuruvchilar va yetakchi itlari bo‘lgan shaxslar uchun jihozlash.
Bundan tashqari, kuchga kirgan o‘zgartishlar nogironligi bo‘lgan shaxslarning sud jarayoni, surishtiruv va dastlabki tergovning barcha bosqichlarida odil sudlovdan foydalanishini kafolatlaydi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda inklyuziv ta’lim xabining ochilishi haqida yozgan edi.