Oʻzbekiston fond bozori: oltita kompaniyaning qimmatli qogʻozlari yuqori likvidli aksiyalar qatorini tark etdi

eʼlon qilindi
30-avgustdan 6-sentabrga qadar UCI fond indeksi 1,42 foizga kamaydi
Foto: peshkov / depositphotos.com

«Toshkent» respublika fond birjasidan (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalar ortda qolgan haftada turli dinamikani qayd etdi. Kursiv Uzbekistan hafta davomida RFBdagi qimmatli qogʻozlarning oʻzgarishini tahlil qildi.

Yuqori likvidli aksiyalar qatoridan «Oʻzsanoatqurilishbank»ning imtiyozli aksiyalari, «Biznesni rivojlantirish banki», «Trastbank», «Biokimyo», «Dori-darmon» va «Buxoroneftgazparmalash»ning oddiy aksiyalari chiqib ketdi.

Oʻz navbatida, «Agrobank», «Yangiyoʻl yogʻ-moy»ning oddiy aksiyalari va «Oʻzbekneftgaz» imtiyozli aksiyalari yuqori likvidli aksiyalar qatoriga kirdi.

30-avgustdan 6-sentabrga qadar UCI fond indeksi 1,42 foizga kamaydi. Mazkur davrda «Yangiyoʻl yogʻ-moy»ning aksiyalari eng koʻp — 17,99 foizga oʻsdi. Shuningdek, «Turon bank»ning aksiyalari (15,11 foiz) o‘sishga erishdi.

Shu bilan birga, aksiyalari eng koʻp arzonlashgan qimmatli qogʻozlar qatoridan «Ipoteka bank»ning imtiyozli aksiyalari 9,43 foiz bilan joy oldi. Shuningdek, «Oʻzbektelekom»ning imtiyozli aksiyalari (7,40 foiz) va «Oʻzmetkombinat» (5 foiz) haftani pasayishi bilan yakunladi.

21 ta yuqori likvidli aksiyalardan 12 tasi haftani yashil rangda yakunladi. Hafta davomida «Toshkent» respublika fond birjasida 833,6 mln soʻmlik 7,1 mingta bitim amalga oshirildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan qimmatli qogʻozlarning aksariyati avgust oyini ijobiy yakunlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek