Yangiliklar

O‘zbekiston Paralimpiya delegatsiyasi Toshkentga yetib keldi

Taqdirlash marosimi Paralimpiya qo‘mitasi binosi oldida bo‘lib o‘tadi
Foto: Sport vazirligi

«Parij – 2024» yozgi Paralimpiya o‘yinlarida munosib ishtirok etgan va chempionlikni qo‘lga kiritgan para atletlarimiz Toshkent aeroportida tantanali kutib olindi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, sportchilarimiz kutib olish marosimidan soʻng avtobus kortejlarida shahar boʻylab harakatlanadilar.

Foto: Sport vazirligi

Chempionlar maxsus kortejda shahar boʻylab aylangach, Paralimpiya qo‘mitasi binosi oldida tantanali tarzda taqdirlanadilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston delegatsiyasi Paralimpiya o‘yinlarini ham 13-o‘rinda yakunlagani haqida batafsil xabar bergan edik.