2024-yilning dastlabki 7 oyida mamlakatga tibbiy maqsadda 67,4 ming nafar chet mamlakat fuqarolari tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich 2023-yilning dastlabki yarmida 36,3 ming nafar bo‘lgan. Joriy yilda davolanish uchun tashrif buyurgan chet mamlakat fuqarolari soni o‘tgan yilgiga nisbatan 85,8 foizga yoki 31,1 ming nafarga oshgan.
Mamlakatga eng ko‘p Tojikistondan 51,6 ming nafar, Qozog‘istondan 7 ming nafar, Qirg‘izistondan esa 6 mingdan nafardan ziyod fuqarolar davolanish maqsadida kelgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yilning yanvar – iyul oylari yakunlariga ko‘ra, 3,4 mln o‘zbekistonlik turistik maqsadlarda xorijga chiqqanligi haqida xabar bergan edi.