Rossiya bosh vaziri O‘zbekistonga keladi

eʼlon qilindi
Iqtisodiyot sohasidagi hamkorlikni muhokama qilish uchun
Rasm: AleksTaurus/Depositphotos

O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari rahbarlari darajasidagi komissiya yig‘ilishi Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ishtirok etishi kutilmoqda, deyiladi hukumat xabarida.

Mishustinning majlisda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrifi 9-10-sentabr kunlariga mo‘ljallangan.

Tadbirda davlatlarning iqtisodiyot va savdo, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorligi masalalari ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. Sanoat, energetika, transport va qishloq xo‘jaligi sohalarida qo‘shma loyihalar muhokama qilinadi.

Muhokamadan tashqari tomonlar bir qator hujjatlarni imzolashmoqchi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mishustin Samarqandda Rossiya Bosh konsulligini ochishga buyruq bergani haqida yozgan edi.

Shuningdek