Yangiliklar

Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Toshkentdagi Texnopark faoliyati bilan tanishdi

O‘zR bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida
Foto: UzA.uz

Federatsiya hukumati raisi Mixail Mishustin O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Toshkent shahridagi Texnoparkka tashrif buyurdi. Bu haqda UzA ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mazkur majmuasiga umumiy $365 mln qiymatdagi 16 ta ishlab chiqarish quvvati joylashtirilgan. 

Federatsiya hukumati raisiga Texnoparkda ishlab chiqarilayotgan keng turdagi yuqori texnologik mahsulotlar namoyish etildi. Maishiy texnika, elektron hisoblagichlar, lift va eskalatorlar, nasoslar, sanoat qozonxonalari hamda talab yuqori bo‘lgan sovitish tizimlari shular jumlasidandir. Ta’kidlanishicha, ushbu texnika vositalari o‘ndan ortiq mamlakatiga eksport qilinadi. 

Federatsiya hukumati raisi Mixail Mishustin O‘zbekistonga tashrifini avvalo «G‘alaba bog‘i» bilan tanishishdan va Zulfiya aya Zokirova xotirasiga o‘rnatilgan «Matonat madhiyasi» yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yishdan boshlagan edi.