Paralimpiyachilarning kelishi munosabati bilan mahalliy reyslar xalqaro aeroportdan amalga oshiriladi

eʼlon qilindi
Bu sakkizta reysga ta’sir qiladi
Rasm: UzAirways

Bugun, 2024-yil 9-sentabr kuni mahalliy reyslar terminalida O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan bir necha reyslar Toshkent xalqaro aeroportining qatnovlar zallaridan amalga oshiriladi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar beradi.

Barcha reyslar quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi.

Ketish:

  • Toshkent — Urganch yo‘nalishida «Silk Avia» US903 parvozi soat 18:00 da uchadi.
  • Toshkent — Buxoro yo‘nalishida «Silk Avia» US801 parvozi soat 18:25 da uchadi.
  • Toshkent — Termiz yo‘nalishida «Silk Avia» US753 parvozi soat 19:05 da uchadi.
  • Toshkent — ​​Urganch yo‘nalishida «Uzbekistan Airways» HY57 parvozi soat 20:25 da uchadi.

Kelish:

  • Nukus — Toshkent yo‘nalishida «Uzbekistan Airways» HY20 parvozi soat 17:20 da yetib keladi.
  • Namangan — Toshkent yo‘nalishida «Silk Avia» US502 parvozi soat 17:20 da yetib keladi.
  • Buxoro — Toshkent yoʻnalishida «Silk Avia» US806 parvozi soat 18:20 da yetib keladi.
  • Qo‘qon — Toshkent yo‘nalishida «Silk Avia» US456 parvozi soat 18:55 da yetib keladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda Xitoyning «North-Western Cargo» aviakompaniyasining birinchi charter parvozi kutib olganini yozgan edi.

Shuningdek