Toshkent markaziy vokzalida elektron chiptalarni tekshirish uchun turniketlar o‘rnatildi
eʼlon qilindi
Ular yordamida QR-kod skanerlanadi
Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalida QR-kodli yo‘l chiptalarini tekshirish uchun turniketlar o‘rnatildi, deb xabar berdi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati.
Bunday turniketlar yordamida elektron chiptalardagi QR-kodni skanerlash mumkin. Qalbaki yo‘l chiptalari bo‘lgan yo‘lovchilar perronga qo‘yilmaydi.
Kompaniyaning qo‘shimcha qilishicha, yil oxirigacha vokzal kassalarida ham elektron chiptalar rasmiylashtiriladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent markaziy vokzalida chipta sotib olish uchun terminal o‘rnatilgani haqida yozgan edi.