Yangiliklar

Toshkent metropolitenida poyezdlar intervali qisqartirildi

Oktabr va noyabr oylarida yo‘lovchilar 1 millionga borishi kutilmoqda
Foto: Toshkent metropoliteni

Yangi oʻquv yili boshlanishi bilan Toshkent metropolitenida poyezdlari intervallari qisqartirildi, deya xabar bermoqda UzA.

Ma’lum qilinishicha, yozda metropoliten bir kunda 550 – 600 ming fuqaroga xizmat qilgan. Oʻquv yili boshlanishi bilan bu koʻrsatkich 920 – 930 ming nafargacha yetdi, shuningdek, oktabr va noyabr oylarida esa 1 millionga borishi kutilmoqda.

Yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida tigʻiz vaqtlarda yoʻnalishlar boʻyicha intervallar quyidagicha qisqartirildi:

  • Chilonzor yoʻnalishi — 1,5-2 daqiqa;
  • Oʻzbekiston yoʻnalishi — 4 daqiqa;
  • Yunusobod yoʻnalishi — 4–5 daqiqa;
  • Yer usti halqa yoʻli yoʻnalishi — 8–9 daqiqa.

Shuningdek, zaxira poyezdlar harakatini yoʻlga qoʻyish ham rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Xalqlar doʻstligi» metro bekatining ikkinchi vestibyuli qayta foydalanishga topshirilgani haqida xabar bergan edi.