Toshkent viloyatida $1,7 milliard qiymatida investitsiya loyihalarini ishga tushirish rejalashtirilmoqda
Toshkent viloyatida 2027-yilgacha elektr texnikasi sohasida 24 ta loyiha uchun $1,7 milliard sarmoya jalb etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ushbu loyihalar ishga tushirilishi natijasida uch ming ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, 2024-yilning yetti oyida poytaxt mintaqasida $21 mln qiymatidagi uchta investitsiya loyihasi amalga oshirilgan. Xususan, Toshkent viloyatida o‘zbek-xitoy qo‘shma korxonasi, elektr o‘tish qurilmalarini ishlab chiqarish va gaz turbinali dvigatellarni ta‘mirlash bilan shug‘ullanuvchi korxona faoliyat yuritmoqda.
Yil oxirigacha mintaqada Xitoydan investorlar yordamida LED lampalari va elektr avtomobillari uchun zaryadlovchi qurilmalar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samarqand yaqinida $1,6 mlrd qiymatidagi sanoat parki yaratish rejalashtirilgani haqida xabar bergan edi.