Toshkentda yuz bergan YTH oqibatida fuqaro vafot etdi
Toshkentda yoʻl-transport hodisasi yuz berishi oqibatida bir fuqaro vafot etdi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 8-sentabr kuni soat 23:00 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shoh koʻchasida sodir boʻldi. 27 yoshli fuqaro Cobalt rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, 41 yoshli piyodani urib yuborgan. Yoʻl-transport hodisasi natijasida piyoda olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan.
Hozirgi kunda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan joriy yilning yanvar–may oylarida Oʻzbekistonda roʻy bergan 9839 ta YTH natijasida 2282 nafar fuqaro vafot etgani haqida xabar bergan edi.