Yagi to‘foni Vyetnamda 35 nafar odamlarning umriga zomin bo‘ldi

eʼlon qilindi
Yana 24 kishi bedarak yo‘qolgan
Foto: Reuters.com

Bu yilgi Osiyodagi eng kuchli to‘fon Vyetnam shimolida 35 nafar odamlarning o‘limiga va keng ko‘lamli vayronagarchilikka sabab bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.

Vyetnam tabiiy ofatlarni boshqarish agentligining ma’lum qilishicha, to‘fon sabab bo‘lgan ko‘chki va toshqinlar oqibatida 35 kishi halok bo‘lgan, 24 kishi esa bedarak yo‘qolgan. 

To‘fon shanba kuni 7-sentabrda Vyetnamning shimoli-sharqiy qirg‘og‘iga yetib kelgan. Oqibatda millionlab uy xoʻjaliklari va kompaniyalar elektr energiyasiz qolgan. Magistral yoʻllarni suv bosgan, telekommunikatsiya tarmoqlari buzilib, koʻprik va minglab daraxtlar qulab tushgan. Shuningdek, koʻplab sanoat markazlarida iqtisodiy faoliyat toʻxtab qolgan.

Ikki millionlik aholiga ega qirg‘oq shahar Xayfondagi sanoat parklari va fabrikalar elektr energiyasiz qolgan. Rahbarlar va fabrika ishchilari metall plitalari tomi uchib ketgan zavodlardagi jihozlarni yomg‘irdan qutqarishga harakat qilishgani xabar qilindi.

Maishiy texnika va maishiy elektronika ishlab chiqaruvchi yirik ishlab chiqaruvchi LG Electronics o‘z xodimlari orasida jabrlanganlar yo‘qligini, muzlatkichlar va kir yuvish mashinalari saqlanadigan omborni suv bosganini qayd etib, ishlab chiqarish maydonchasiga zarar yetganini tan oldi.

Meteorologiya agentligi so‘nggi 24 soat ichida shimoliy mintaqaning bir necha qismida yog‘ingarchilik miqdori 208 millimetrdan 433 millimetrgacha (8,2 dyumdan 17,1 dyumgacha) bo‘lganini ta’kidlab, yana suv toshqinlari va ko‘chkilar bo‘lishi haqida ogohlantirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya «Ampil» to‘foni oldidan reyslar va poyezdlar harakatini to‘xtatdi.

Shuningdek