10-sentabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab kunduzi issiq havo kuzatiladi

eʼlon qilindi
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo 33-darajagacha ko‘tariladi
Rasm: Piqsels

Bugun,10-sentabr kuni respublika bo‘ylab quruq havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo 33-darajagacha ko‘tariladi. O‘rtacha 25-30 daraja bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar beradi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘lishi mumkin, ammo yomg‘ir yog‘maydi. Kunduzi havo harorati 27-29 daraja issiq, kechga kelib 10-12 daraja salqin bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ham yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kunduzi havo 20-darajagacha ko‘tariladi, kechasi esa 4-9 daraja salqin bo‘ladi.

Shuningdek