2024-yilda metall buyumlar eksporti 1,5 barobar ortdi

eʼlon qilindi
Bu mahsulot asosan Qozog‘istonga sotilgan
Foto: Lightboxx / depositphotos.com

Joriy yilning birinchi yarim yili uchun $416,6 mlnlik eksport rejalashtirilgan edi. Bu haqda «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi axborot xizmati xabar berdi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra joriy yilning dastlabki 7 oyida tarmoq korxonalari tomonidan $453,4 mln qurilish materiallari hamda xizmatlar eksport qilindi hamda belgilangan vazifa 108 foiz qilib bajarildi.

Joriy yilda $138,8 mlnlik metall buyumlar eksport qilinib ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilgiga nisbatan 1,5 barobarga ortgan. Bu mahsulot asosan Qozog‘istonga sotilgan ($105,7 mln). Shuningdek, tabiiy pardozbop toshlar joriy yilda o‘tgan yilgiga nisbatan 1,6 barobarga ko‘p eksport qilingan.

Qurilish materiallarinig asosiy eksport bozori sifatida qo‘shni mamlakatlar Qozog‘istonga $105,7 mlnlik, Rossiyaga $119,3 mlnlik, Tojikistonga $58,2 mlnlik 54 foizlik eksport amalga oshirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 24,3 ming tonna qovun eksport qilib, mamlakatga $10,8 mln foyda keltirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek