Apple iPhone 16’ni namoyish qildi

eʼlon qilindi
9-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan taqdimotda
Rasm: Apple

Amerikaning «Apple» texnologik kompaniyasi kecha kechqurun o‘zining mashhur iPhone – 16, 16 Plus, 16 Pro va 16 Pro Max smartfonlarining yangi liniyalarini taqdim etdi. Tadbir videosi Youtube’da e’lon qilindi.

iPhone 16 va 16 Plus olti yadroli A18 chipida ishlaydi. Ular 5G texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi hamda Apple Intelligence sun’iy intellekt imkoniyatlari bilan jihozlangan.

Yangi telefonlar bir nechta ranglarda ishlab chiqarilgan: siren, nozik yashil, pushti, qora va oq.

Modellar sozlanadigan «harakat tugmasi» va kamerani boshqarish tugmasi bilan jihozlangan. iPhone 16 narxi $799 dan, iPhone 16 Plus esa $899 dan boshlanadi.

iPhone 16 Pro va 16 Pro Max to‘rtta rangda taqdim etilgan: kumush, tilla, kulrang va qora.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Apple taqdimoti haqida yozgan edi.

Shuningdek