2024-yilning avgust oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun ijara narxlari oshdi. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti xabar berdi.
Qayd etilishicha, to‘liq ta’mirlanganlari 0,3 foizga, o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar iyul oyiga nisbatan 1,9 foizga oshgan.
Shuningdek, 1 xonali uylarda ijara narxlari iyul oyi bilan solishtirilganda 1,3 foizga, 2 xonali uylar 2,1 foizga, 3 xonali uylar 1,7 foizga, 4 xonali uylar esa 2,5 foizga oshgan.
O‘rtacha ta’mirlangan, nisbatan arzonroq bo‘lgan xonadonlar Sergeli tumanida 1 xonali uylar uchun $285, 2 xonali uylar uchun esa $348 tashkil qiladi.
Eng qimmat ijara narxlari esa, o‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali xonadonlar uchun Mirobod tumanida $350, shu turdagi uylar uchun ijara narxlari Yakkasaroy tumanida $349ni tashkil qiladi.
Eng arzon narxdagi to‘liq ta’mirlangan xonadonlar Sergeli tumanida 1 xonalilar $355, 2 xonalilar esa $416, shuningdek, Uchtepa tumanida 1 xonalilar $377, 2 xonalilar esa $337 ni tashkil qiladi.
Eng qimmat, to‘liq ta’mirlangan xonadonlar ijara narxlari, Mirobod tumanida $456 1 xonali uylar, 2 xonali uylar $688. Shayxontohurda 1 xonali uylar $421, 2 xonali uylar $715 qayd etilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan davlat OTMlari talabalarga turar joy ijarasi uchun qancha pul berilishi haqida xabar bergan edi.