Yangiliklar

Davlat OTMlari talabalarga turar joy ijarasi uchun qancha pul beriladi

Toshkent shahrida — BHMning bir baravari
Foto: Roman Fedotov / Kursiv

Ijara uyda yashaydigan davlat OTMlari talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismi qoplab beriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilingan.

Qarorda maʼlum qilinishicha, bunda talabgorlarga oylik ijara toʻlovining bir qismi, quyidagi miqdorda toʻlab beriladi:

  • Toshkent shahrida — BHMning bir baravari (340 ming soʻm);
  • qolgan hududlarda — BHMning yarim baravari (170 ming soʻm).

Ariza berish uchun talaba belgilangan shakldagi anketani toʻldirib, ijara shartnomasi nusxasi bilan universitetga topshirishi talab qilinadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan imtiyozli taʼlim kreditini olishning asosiy shartlari qandayligi va kimlar uchun berishi haqida xabar bergan edi.