Endi 48 soatdan keyin taqdim etilgan qoidabuzarlikni tasdiqlovchi material qabul qilinmaydi

eʼlon qilindi
Yuk avtomobillari yo‘lning chetki chap qatorida harakatlangani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilishi ham belgilandi
Foto: Wtol.com

10-sentabr kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun dastlabki tarzda muhokama qilindi. Bu haqda O‘zR Oliy Majlisi Senati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, YHX tizimini takomillashtirish, shu jumladan, haydovchilar va piyodalarning yo‘l harakati qoidalariga rioya etish madaniyatini oshirish, yo‘l harakatining tashkil etilishini to‘liq raqamlashtirishga qaratilgan huquqiy asoslar yaratildi.

Endi foto va video vositalari orqali aniqlangan huquqbuzarliklar haqida YHX xizmatiga 48 soat ichida qabul qilinadi, undan kechiksa haydovchi ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.

Yangi o‘zgarishga ko‘ra, tez tibbiy yordam va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining transport vositalari xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi talabi bekor qilinadi.

O‘zgarishlardan yana biri shundaki, skuterlar, mopedlar, velosipedlarni hamda ulovli aravani boshqarish, individual harakatlanish vositalari va skuterlarning haydovchilari tomonidan odamlarni tashiganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Shuningdek, yo‘l-patrul xizmati xodimlarining xizmatni o‘tash vaqtida aniqlagan qoidabuzarga joyning o‘zida jarima qo‘llanilmasligi ham qonun bilan belgilandi. Bundan tashqari, yuk avtomobillari yo‘lning chetki chap qatorida harakatlangani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilishi ham belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1-sentabrdan YHXX jarimalari ustidan elektron shikoyat qilish mumkin bo‘lishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek