Plastik chiqindilarni chiqarish bo‘yicha qaysi mamlakat yetakchi
Buyuk Britaniyaning Lids universiteti olimlari Yerdagi plastik chiqindilar miqdorini hisoblab chiqdi. Har yili 52 metrik tonnagacha plastik chiqindilar hosil bo‘ladi. Bu haqda Ekologiya partiyasi xabar beradi.
Ushbu chiqindilarning uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i Janubi-Sharqiy Osiyoga to‘g‘ri keladi. Eng iflos shahar Lagos (Nigeriya) hisoblanadi.
Plastik chiqindilarni chiqarish bo‘yicha Hindiston yetakchi bo‘lib, yiliga 9,3 mln tonna ishlab chiqaradi, keyin esa Nigeriya – 3,5 mln tonna va kuchli uchlikda Indoneziya – 3,3 mln tonna bilan joy oldi. Xitoy va Pokiston mos ravishda 2,8 va 2,5 mln tonna bilan to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni egallagan. Buyuk Britaniya yiliga 4600 tonna bilan 135-o‘rinda turadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent aholisi 1 mlrd soʻmlik axlat chiqargani haqida yozgan edi.