Futzal bo‘yicha jahon chempionati ishtirokchilari uchun jamoat transporti bepul bo‘ladi
14-sentabrdan 6-oktabrga qadar Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlarida futzal bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Jurnalistlar va muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida akkreditatsiya yoki o‘yin chiptalari mavjud shaxslarga shahar jamoat transportida bepul sayohatlar ko‘zda tutilgan. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.
10-sentabrdan to 10-oktabrgacha Toshkent – Buxoro, Toshkent – Andijon va boshqa yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlariga qo‘shimcha vagonlar qo‘shiladi.
Andijon xalqaro aeroporti faoliyati vaqtincha to‘xtatilgani munosabati bilan Farg‘onadan Andijonga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Toshkent va Andijon temir yo‘l vokzallarida 10-sentabrdan chempionat ishtirokchilari uchun maxsus chiptaxonalar ish boshlaydi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan futzal bo‘yicha jahon chempionatining rasmiy timsoli haqida yozgan edi.