Qonunchilik palatasining majlisida «Ipoteka krediti bozorining rivojlantirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi maqullandi.
Ushbu qonun loyihasi bilan «Ipoteka to‘g‘risida» gi qonunga onlyan tartibda yoki davlat xizmatlari markazi (DXM) ga borish va garov xatini rasmiylashtirish, shuningdek, garov xati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa harakatlarni amalga oshirish maqsadida o‘zgartirish kiritildi.
Deputatlarning fikriga ko‘ra, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi garov xatini rasmiylashtirish, berish, qayta moliyalash jarayonini jiddiy tarzda soddalashtirish imkonini beradi.
«Garov xatini boshqa shaxsga o‘tkazish fuqaro uchun ipoteka krediti shartlarini o‘zgartirmaydi va unga qo‘shimcha majburiyatlarni yuklamaydi. Faqat kredit bo‘yicha to‘lovlarni qabul qiluvchi shaxs o‘zgaradi, xolos. Keyinchalik bank garov xatlarini ta’minot sifatida ishlatib, boshqa moliyaviy institutlardan qarz mablag‘larini jalb qilishi mumkin bo‘ladi», – deyiladi xabarda.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda maqullandi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan probatsiya nazoratidagi shaxslarga oid qonun loyihasi qabul qilingani haqida xabar bergan edi.