Mehmon o‘ldirilib tana a’zolari mushukka berish uchun qaynatildi

eʼlon qilindi
Ayblanuvchi avval ham Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan javobgarlikka tortilgan
Foto: Aziz Obidov matbuot kotibi / Telegram

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida yashovchi fuqaro o‘z uyiga kelgan mehmonni qasddan o‘ldirib ba’zi tana a’zolarini o‘z mushugiga bergan hamda tananing qolganini yoqib yuborgan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar berdi.  

Ma’lum qilinishicha, ayblanuvchi avval ham Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan javobgarlikka tortilgan.

Qayd etilishicha, ayblanuvchi tomonidan do‘stini o‘z uyiga mehmonga chaqirgan. Shundan so‘ng spirtli ichimlik ta’sirida o‘rtada kelishmovchilik kelib chiqqan.

Natijada ayblanuvchi mehmonni hovlining bog‘ tomoniga olib o‘tgan hamda bo‘ynidan pichoq bilan so‘ygan. Shundan so‘ng marhumning ba’zi tana a’zolari kesib olinib go‘yo mushugiga berish uchun olib qo‘yiladi. Tananing qolgan qismi hovlining o‘rtasida axlatlarga qo‘shib yoqib yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan, ayblanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismining bir necha bandlari bilan 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Surxondaryoda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan shaxs qamalgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek