O‘zbekistonlik paralimpiyachilarga avtomobillar sovg‘a qilindi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Parijdagi o‘yinlardagi g‘alabalari uchun
                    
                            
O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga – Parijdagi XVII Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga avtomobillar topshirildi, deyiladi UzAuto Motors’ning Telegram-kanalida.
Sportchilar BYD va Chevrolet Tahoe avtomobillari egalari bo‘lishdi. Taqdirlash marosimi Milliy paralimpiya qo‘mitasida bo‘lib o‘tdi.
Parij Paralimpiadasi natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi o‘nta oltin, to‘qqizta kumush va yettita bronza medalini qo‘lga kiritdi. Jamoa umumiy hisobda 13-o‘rinni, Osiyoda esa uchinchi o‘rinni egalladi.
Kursiv Uzbekistan kuni kecha Toshkentda paralimpiyachilarni tantanali kutib olish munosabati bilan tirbandlik yuzaga kelgani haqida yozgan edi.
