Qonunchilik palatasining majlisida nazorat ostidagi shaxslar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqilib maqullandi.
Sud tomonidan belgilangan cheklov va majburiyatlarni bajarmagan probatsiya nazoratidagi shaxslarga ta’sirchan choralarni qo‘llashda IIO probatsiya bo‘linmalari xodimlariga qo‘shimcha vakolatlar berish zarurati yuzaga kelmoqda.
«Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ma’muriy nazorat va probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan ta’sirchan choralar ko‘rilishini ta’minlash hamda ichki ishlar organlari probatsiya bo‘linmalari xodimlarining vakolatlarini kengaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda» — deyiladi xabarda.
IIO nomidan 1852-moddasi hamda 187-moddasi bo‘yicha ma’muiry bayonnoma tuzish vakolati probatsiya xizmatining katta inspektoriga berilyapti.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan shaxslar – O‘zR fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida»gi qonun bekor qilingani haqida xabar bergan edi.