Yangiliklar

Rossiya bilan migratsiya sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ahamiyatlidir – prezident

Madaniy-gumanitar almashinuv ham davom ettiriladi
Foto: President.uz

10-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston va Rossiya hukumati vakillari ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari haqida muzokaralar olib bordilar.

Shuningdek, Rossiya prezidentining 2024-yil 26-28-may kunlari O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida qabul qilingan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi hamda Qo‘shma komissiya o‘tkazgan navbatdagi yig‘ilishning samarali natijalari e‘tirof etildi.

Foto: President.uz

Xalqaro nufuzdagi uchrashuvda tovar ayirboshlash, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va iqtisodiyotning boshqa ustuvor yo‘naishlaridagi hamkorlik masalalari kelishib olindi.

Shavkat Mirziyoyev ikki davlat o‘rtasidagi jadal madaniy-gumanitar almashinuvni to‘xtatib qo‘ymaslik va migratsiya sohasidagi hamkorliklar ahamiyatini ta’kidladi.

Foto: UzA.uz

Mixail Mishustinning mamlakatimizga ikki kunlik rasmiy tashrifi nihoyasiga yetgach, yuqori martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qoʻydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasi bilan innovatsion loyihalarni muhokama qilgan edi.