Rossiya Markaziy Osiyo energetika tizimiga qo‘shiladi
Rossiya va O‘zbekiston Rossiya tizim operatorini Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimiga (YET) qo‘shishga kelishib oldi, deb xabar berdi TASS axborot agentligi.
O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Rossiya va mintaqa energetika tizimlarining integratsiyasi ularning ishini yanada barqaror va muvozanatli qilish imkonini berishini aytdi.
Uning rossiyalik hamkasbi Sergey Sivilev yuklamalarning keskin oshishi, avariyalar va tabiiy omillar tufayli yuzaga kelgan elektr tanqisligini to‘ldirish uchun qo‘shma boshqaruv foydali ekanligini ta’kidladi.
2024-yil boshida Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeTTB) Rossiya Federatsiyasi va Markaziy Osiyo mamlakatlarining yagona energetika bozorini yaratishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini e’lon qilgan edi. Tahlilchilarning fikricha, Rossiyaning ishlab chiqarish quvvatlari Markaziy Osiyo YETga suv tanqisligi davrida elektr energiyasi taqchilligini qoplashga yordam beradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozog‘iston Tojikistondan O‘zbekiston orqali elektr energiyasini import qilish rejalari haqida yozgan edi.