Yangiliklar

Rossiya O‘zbekistonda dronlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi

Va polimerlar
Rasm: Unsplash

O‘zbekistonda uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqarila boshlanishi mumkin. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Toshkentga tashrifi chog‘ida shunday taklif bilan chiqdi. Uning so‘zlari ushbu mamlakat hukumatining veb-saytida keltirilgan.

«Biz (…) fuqaro uchuvchisiz uchish tizimlari va ularning tarkibiy qismlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatlarini o‘rganmoqdamiz,» – dedi Mishustin O‘zbekiston va Rossiya hukumat komissiyasi yig‘ilishida.

Rossiya hukumati bosh vaziri qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistonda polimerlar ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyati ham ko‘rib chiqilmoqda va temir yo‘l mashinasozligi sohasida korxona tashkil etish masalasi allaqachon hal qilingan.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» O‘zbekiston dronlardan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha hujjat ishlab chiqayotgani haqida yozgan edi.