Yerlarni mulk huquqi asosida sotib olish uchun har oyda bo‘lib to‘lashga ruxsat etiladi

eʼlon qilindi
35 foiz oldindan to‘lov amalga oshirgan holda 3 yilga bo‘lib to‘lashga olish mumkin
Foto: Advice.uz

Yerlarni ijara huquqi yoki mulk huquqi asosida sotib olish uchun har oyda bo‘lib to‘lashga ruxsat etiladi. Bu haqda prezident farmoni tasdiqlandi.

Farmonda ta’kidlanishicha, yerlarni ijara huquqi yoki mulk huquqi asosida sotib olish qiymatini bir necha shartlar asosida teng ulushlarda, qolgan summani Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz bilan hisoblagan holda bo‘lib to‘lashga ruxsat berildi.

Qayd etilishicha, Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyatlar markazlarida dastlabki to‘lovni 15 ish kuni kami 35 foiz oldindan to‘lov amalga oshirgan holda 3 yilga bo‘lib to‘lashga olish mumkin.

Bundan tashqari, boshqa aholi punktlarida 5 yil davomida, 4- hamda 5-toifalardagi tumanlarda esa, kamida 15 foiz to‘lovni 15 ish kunida amalga oshirgan holda 10 yil davomida olish mumkin.

Qo‘shimcha qilinishicha, barcha turdagi yer uchastkalarining qiymati 15 ish kunida to‘liq to‘langan taqdirda umumiy summaga nisbatan 20 foiz chegirma berilishi belgilandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2018-yil 1-maygacha fuqarolar tomonidan olib qo‘yilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tan olinishga oid farmon tasdiqlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek