
Joriy yilning 10-sentabr kuni taxminan soat 14:15 lar atrofida Zangiota tumanida bo‘yoq ishlab chiqarish sexida yong‘in bo‘layotgani haqida ma’lumot kelgan. Bu haqda Toshkent viloyati FVB matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda qayd etilishicha, yong‘in 14:15 lar atrofida tumaning «Erkin» MFYda sodir bo‘lgan. Voqea joyiga yong‘in o‘chirish ekipaji zudlik bilan yetib borgan. Hozirgi vaqtda yong‘inni o‘chirish ishlari olib borilmoqda.