Yangiliklar

11-sentabr kuni respublikada kechga kelib havo salqinlashadi

Aksariyat hududlarda havo harorati 15-darajagacha pasayadi
Rasm: libinjohn.2007 / depositphotos.com

Bugun, 11-sentabr kuni O‘zbekistonda quruq va kunduzi issiq havo kuzatiladi. Kechga kelib aksariyat hududlarda havo harorati 15-darajagacha pasayadi. O‘rtacha havo harorati 27-32 daraja issiq bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar beradi.

Poytaxtda havo bulutli va o‘zgaruvchan bo‘lishi ehtimoli bor, biroq yomg‘ir yog‘maydi. Kunduzi havo 29-31 daraja issiq, kechasi esa 13-15 daraja salqin bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ham quruq havo saqlanib qoladi. Kunduzi harorat 22-darajagacha ko‘tariladi, kechga kelib 5-10 daraja salqin bo‘ladi.