Yangiliklar

2025-yilda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirishga $1,6 mlrd ajratiladi

Eng og‘ir sharoitdagi mahalla va oilalar rahbarlarga biriktiriladi
Foto: President.uz

Prezident kambag‘allikni qisqartirishni mahallalardagi sharoitni yaxshilashdan boshlash lozimligini ta’kidladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Undan 1,2 trln soʻm miqdori eng ogʻir 300 ta mahallada suv nasoslari va quyosh panellari oʻrnatishga taqdim etiladi. 2 trln soʻm evaziga eng ogʻir 500 ta mahallada elektr, yoʻl, internet va boshqa infratuzilma muammolari hal etiladi.

Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun mutasaddilardan iborat 250 nafar rahbarga eng ogʻir 1 mingta mahalla biriktiriladi.

Shu bilan birga, viloyatdagi 2 ming va tumandagi 12 ming nafar rahbarning har biriga 5 tadan sharoiti eng ogʻir oila bog‘lab beriladi.