Davlat tibbiy sugʻurtasi doirasida bepul tibbiy xizmatlar soliqlar hisobidan amalga oshiriladi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Bu uchun aholidan mazkur sug‘urta uchun qo‘shimcha to‘lov undirilmaydi
Oʻzbekistonda davlat tibbiy sugʻurtasi doirasida bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatiladi va dorilar beriladi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.
Unga koʻra, ushbu xarajatlar Davlat budjetiga toʻlanayotgan soliqlar hisobidan amalga oshirilishi koʻzda tutilgan. Bu uchun aholidan mazkur sugʻurta uchun qoʻshimcha toʻlov undirilmaydi.
Shuningdek, 2024-yil yakunigacha O‘zbekistonda «Elektron poliklinika» va «Elektron shifoxona» axborot tizimlari amaliyotga joriy etiladi.
Eslatib oʻtamiz, 2024-yilning birinchi yarmida Oʻzbekistonda sugʻurta bozori hajmi 4,2 trln soʻmga yetdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan endilikda sugʻurta polislarini onlayn rasmiylashtirish mumkinligi haqida xabar bergan edi.