Firibgarlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda soxta veb-sayt va sahifalar targʻib qilinmoqda — Markaziy bank

eʼlon qilindi
Fuqarolardan messenjerlar orqali keladigan turli havolalarni bosmaslik soʻraldi
Foto: Unsplash

Firibgarlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda soxta veb-sayt va sahifalar faol targʻib qilinmoqda. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, regulyator tomonidan oʻtkazilgan monitoring natijasida firibgarlar soxta veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar orqali moddiy yordam berish, investitsiya kiritish, sovrin yutish mazmunidagi xabarlar bilan fuqarolarning ishonchiga kirishga urinishi aniqlandi.

Fuqarolardan ijtimoiy tarmoq va messenjerlar orqali keladigan turli havolalarni bosmaslik, shubhali veb-saytlarga shaxsga doir va bank karta maʼlumotlarini kiritmaslik soʻraldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda mingdan ortiq fuqarolarning pullarini oʻzlashtirgan firibgar qoʻlga olingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek