II parlamentlararo forumi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi

eʼlon qilindi
Forum 12–13-sentabr kunlari Xiva shahrida bo‘lib o‘tadi
Foto: Oliy Majlis qonunchilik palatasi

Joriy yilning 12–13-sentabr kunlari Xiva shahrida Markaziy Osiyo davlatlarining II parlamentlararo forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Forumning mavzusi – «Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda Markaziy Osiyo parlamentlari va hokimiyat vakillik organlarining roli».

Qayd etilishicha, tadbirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston parlamentlari palatalari rahbarlari, yoshlar parlamentlari, do‘stlik guruhlari vakillari va boshqa delegatsiya a’zolari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan parlament yuqori palatasining raisi Tanzila Norboyeva va AQShning O‘zRdagi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashuvda strategik hamkorlikni muhokama qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek