Kichik va oʻrta tadbirkorlik uchun 10 trln soʻm mikrokredit ajratiladi

eʼlon qilindi
2024-2025-yillarda
Foto: President.uz

2024-2025-yillarda aholiga oʻzini oʻzi band qilishi, kichik va oʻrta tadbirkorlik bilan shugʻullanishi uchun mikrokreditlar ajratishga 10 trln soʻm beriladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga 30 mln soʻmgacha uskuna, koʻchma doʻkon (fud-trak), motoroller, skuter kabi vositalar 5 yilda boʻlib toʻlash sharti bilan taqdim etiladi.

Shunday oila farzandlariga kompyuter xarid qilishlari uchun 5 yilga 2 yillik imtiyozli davr bilan foizsiz kredit beriladi.

Prezident «Zarbdor tajribasi»ga tayanib sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmatlar sohasida kamida 5 tadan «drayver» loyihani infratuzilma bilan ta’minlash uchun 2024-yil yakuniga qadar 500 mlrd soʻm, kelasi yili esa yana 1 trln soʻm ajratilishi haqida topshiriq berdi.

Hokimlarga bu loyihalarni tezlashtirib, yil oxirigacha 150 ming aholini ishli qilish topshirildi.

Shuningdek, bosh vazir oʻrinbosari boshchiligida kambagʻallikni qisqartirish masalalari bilan shugʻullanuvchi komissiya tuzilishi belgilandi. Ijtiimoiy himoya agentligi direktori unga oʻrinbosar boʻladi. Viloyat va tuman komissiyalariga hudud hokimlari boshchilik qiladi.

Shuningdek